1-sentabr – Mustaqillik kuni!

Inson dunyoda ikki narsani tanlamaydi, deyishadi. Biri ota- ona bo’lsa, biri vatandir. Menimcha, O’zbekistonday jannatmakon aziz zaminda tug’ilish va yashash Tangrimning ulug’ inoyatidir. Ayniqsa, hurlik shabadasi, islohotlar, taraqqiyot ko’lami ortib borayotgan zamonamizda shu yurt farzamdi bo’lish ham bir saodat. Maorif ahliga ko’rsatilayotgan e’tibor, ta’lim sohasidagi mislsiz o’zgarishlar vatanimiz rivoji uchun muhim asoslardan hisoblanadi.
Mana shu imkoniyatlar eshigimas, darvozasini ochib bergan mustaqilligimiz abadiy bo’lsin. Tezkorlik davrida jonajon vatanimiz dunyo hamjamiyatida ilg’orlar safida tursin. Yurtga muhabbat izhorimiz fidoyilik bilan qilgan xizmatimizdir. Ayyom muborak, azizlar!

Vatan! Seni balolardan istiqloling asragay.
Chin iymoning, chin a’moling
istiqboling asragay!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan